Davlat xizmatlari portali uchun yo'riqnomalar
Davlat xizmatlari portali uchun yo'riqnomalar
🚀 Ilova orqali tez avtorizatsiya qilish
📱 OneID mobil ilovasi orqali tizimlarga kirish endi yanada tezroq va qulayroq!
🔑 Avvaliga har safar JSHSHIR, parol yoki SMS kodi kiritib vaqt yo‘qotgan bo‘lsangiz, endilikda mobil ilova orqali birgina tasdiqlash bilan kirish imkoniyati mavjud.
🛠 Qanday ishlaydi?
1️⃣ Tizimga kirishda kompyuterda yoki boshqa qurilmada OneID logini tanlang.
2️⃣ Telefonga push-bildirishnoma (xabar) keladi.
3️⃣ Xabarni oching va “Tasdiqlash” tugmasini bosing.
✅ Tizimga avtomatik ravishda kiriladi!
📌 Afzalliklari:
⚡ Juda tez — 5 soniyada kirish
🔐 Xavfsiz — maxsus shifrlangan kanal orqali
🙌 Qulay — parol eslab yurmaysiz
💡 Tavsiya:
Mobil ilovada biometrik avtorizatsiyani (Face ID yoki barmoq izi) yoqib qo‘ysangiz, tizimga kirish yanada tez va xavfsiz bo‘ladi!