Anjumanda YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi direktor o‘rinbosari Anvar Allaberganov, Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi hamkorlik bo‘limi rahbari Maykl Vimmer, vazirlikning Kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i O‘tkir Alijonov hamda xalqaro loyihalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullar qatnashdi.
Yig‘ilish davomida kasbiy ta’lim sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar ish rejasi, YUNESKO, GIZ va Helvetas tomonidan olib borilayotgan sifatni ta’minlash, dual ta’lim va o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha texnik ishchi guruh yangiliklari, TVET koordinatsiya platformasi (tvet.edu.uz (https://tvet.edu.uz/uz/)) veb-saytini rivojlantirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Muhokama so‘ngida o‘zaro hamkorlar faoliyatlarini yanada mustahkamlash, muntazam muloqotni ta’minlash va O‘zbekistonning zamonaviy, inklyuziv va sifatli kasb-hunar ta’limi tizimi uchun tashabbuslarni muvofiqlashtirishga kelishib olishdi.